logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» — «PSJ» o'rtasidagi EChL finali Buyuk Britaniyada bepul ko'rsatilmaydi

 20 MAY, 2026, 17:24

«Arsenal» va «PSJ» ishtirokidagi Chempionlar ligasining bo'lajak finali oxirgi 30 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor Buyuk Britaniyada bepul namoyish etilmaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Uchrashuv faqat pullik obuna orqali kirish mumkin bo'lgan TNT Sports va HBO Max platformalarida eksklyuziv tarzda ko'rsatiladi. Xuddi shunday model joriy mavsumdagi boshqa evrokubok finallariga ham tatbiq etiladi: «Aston Villa» va «Frayburg» o'rtasidagi Evropa ligasi finali hamda «Kristal Pelas» va «Rayo Valekano» to'qnash keladigan Konferentsiyalar ligasi finali ham pullik bo'ladi.

Nashrning ma'lumotlariga ko'ra, TNT Sports telekanalining bu qarori UEFAning noroziligiga sabab bo'lgan. Tashkilotdagilar bu qaror final o'yinlariga bepul kirishni ta'minlash uchun «maksimal harakat» qilinishi kerakligi ko'rsatilgan kelishuv ruhiga zid deb hisoblashmoqda.

Bundan avval Buyuk Britaniyadagi huquq egalari Evropa kuboklari finallarini bepul translyatsiya qilishardi. TNT Sports translyatsiya huquqini qo'lga kiritgach, dastlab alohida servis orqali o'yinlarni vaqtincha bepul ko'rish imkoniyatini taqdim etgan edi, biroq Buyuk Britaniyada HBO Max ishga tushirilganidan keyin bu imkoniyat bekor qilindi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ