logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Aleksandr Nyubel Germaniya bilan JCh-2026 ga boradi

 20 MAY, 2026, 16:00

Ijara huquqi asosida «Bavariya»dan «Shtutgart» sharafini himoya qilayotgan darvozabon Aleksandr Nyubel Germaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda Sky Sport Germany xabar tarqatmoqda.

U jamoada Manuel Noyer va Oliver Baumanndan keyingi uchinchi darvozabon bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, yana bir posbon — «Bavariya» a'zosi Yonas Urbig ham turnirga yo'l oladi. U mashg'ulotlarda ishtirok etadi, biroq faqat favqulodda (o'ta zarur) holatdagina qaydnomaga kiritiladi. Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi turnir boshlanishiga yaqin tasdiqlanadi, ammo ayni damda aynan mana shu darvozabonlar uchligi eng ehtimoliy variant sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, hozirda Noyer jarohatidan sog'ayish jarayonini o'tamoqda, bu esa uning «Shtutgart»ga qarshi Germaniya Kubogi finalidagi ishtirokini so'roq ostida qoldirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ