logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Romeroni sotib olmoqchi, biroq transferning faqat bitta kutilmagan sharti bor

 20 MAY, 2026, 12:42

«Barselona» «Tottenxem»ning markaziy himoyachisi Kristian Romeroga qiziqish bildirmoqda, biroq bu transferning amalga oshish ehtimoli juda yuqori emas. «Shporlar» o'z sardorini 60 million evroga baholashmoqda — Kataloniya grandi argentinalik futbolchi uchun buncha mablag' to'lash niyatida emas.

Mundo Deportivo nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» ushbu transfer ustida faqatgina «Tottenxem» Premer-ligadan chiqib ketgan taqdirdagina ish boshlashadi, chunki bu holat futbolchining narxiga albatta ta'sir ko'rsatadi. Kristian Romeroning transfer qiymati Transfermarkt talqiniga ko'ra 50 million evroni tashkil etadi.

28 yoshli futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Roberto de Dzerbi shogirdlariga elitada jon saqlab qolish uchun so'nggi turda «Everton»ga qarshi kechadigan bahsda bir ochko qo'lga kiritish kifoya. Hozirda «Tottenxem» xavfli hududda borayotgan «Vest Xem»dan ikki ochko oldinda, shuningdek, to'plar nisbati bo'yicha ham sezilarli ustunlikka ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ