logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gavi «el-klasiko»dan keyingi chempionlik tantanasi haqida: «Bu o'zgacha bir tuyg'u edi»

 20 MAY, 2026, 12:30

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi jamoa o'z maydonida Madridning «Real» klubini mag'lubiyatga uchratib, chempionlikni qanday rasmiylashtirganini yodga oldi.

La Ligadagi chempionlik poygasi rasman 10 may kuni «ko'k-anorranglilar»ning asosiy ta'qibchisiga qarshi kechgan o'zaro uchrashuvida yakuniga etdi. Kataloniyaliklar «qaymoqranglilar» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va o'z muxlislari ko'z o'ngida bosh sovrinni boshlari ustiga ko'tarishdi.

«Kamp Nou»da, o'z muxlislarimiz qarshisida, «el-klasiko»dagi g'alabadan so'ng chempionlikni nishonlash... Bu o'zgacha bir tuyg'u edi. Biz juda baxtlimiz. Biz o'yinga allaqachon chempion sifatida etib kelish uchun «Espanol»ning «Real» ustidan qozonadigan g'alabasidan umid qilgandik, ammo yakunda hammasi bundan ham a'lo darajada amalga oshdi», – deya Gavining Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi.

«Barselona» yakuniy tur oldidan «Real»dan 11 ochkoga oldinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ