«Barselona» «Arsenal»ning transfer nishonini ilib ketmoqchi
20 MAY, 2026, 12:24
Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane «Barselona» e'tiboriga tushdi. Yangi hujumchi qidirayotgan «ko'k-anorranglilar» 19 yoshli futbolchiga «jiddiy» qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri Africafoot'ga tayanib.
Kamerunlik futbolchi uchun asosiy da'vogar Londonning «Arsenal» klubi hisoblanadi, shuningdek, porlayotgan yangi yulduzni «Chelsi», «Brentford», «Nyukasl» va «Bavariya» klublari ham kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali Kofanening transfer qiymatini 40 million evroga baholagan.
Joriy mavsumda futbolchi «dorishunoslar» safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga ettita gol va to'qqizta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
