logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Erling Xoland «Arsenal»ning APLdagi chempionligiga munosabat bildirdi

 20 MAY, 2026, 12:18

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Arsenal»ning Premer-ligada muddatidan oldin chempion bo'lgani haqida fikr bildirdi. «Kanonirlar» marraga bir tur qolganda «shaharliklar»ning ochko yo'qotishi evaziga chempionlikni qo'lga kiritishdi: Xosep Gvardiola shogirdlari seshanba kuni «Bornmut» bilan durang (1:1) o'ynashdi.

«Eng ko'p ochko jamg'argan jamoa titulga loyiq bo'ladi, shu bois Martin Edegorni tabriklayman. Bu mutlaqo haqqoniy g'alaba. U ushbu sovringa loyiq edi. Uning bosh sovrinni boshi ustiga ko'tarayotganini tomosha qilish men uchun og'ir bo'ladi, ammo norvegiyalik futbolchining APL g'olibiga aylangani — ajoyib voqelik», – deya «olchalar» bilan o'yin so'nggida gol urgan Xolandning so'zlaridan iqtibos keltiradi DailyAFC.

«Arsenal» 2004 yildan buyon ilk bor Angliya chempionatida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ