logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Usik va Verxuven piramidalar fonida nigohlar jangini o'tkazdi + FOTO

 20 MAY, 2026, 12:00

Misrning Giza shahrida o'tkaziladigan katta professional boks turniriga uch kun vaqt qoldi.

Ushbu oqshomning asosiy jang ishtirokchilari — superog'ir vazn toifasida jahon chempioni, ukrainalik 39 Aleksandr Usik hamda 37 yoshli niderlandiyalik og'ir vazn toifasidagi kikbokschi Riko Verxuven piramidalar fonida face to face, yani nigohlar jangini o'tkazdi.

Malumot uchun, Usik havaskor boksda 2012 yilgi London Olimpiadasi chempioni hisoblanadi. U 2013 yilda professional bokschi sifatida debyut qilgan. 2016 yilda yarim og'ir vaznda (90,7 kg gacha) jahon chempioni, 2018 yilda mutlaq chempion bo'ldi. 2024 yilda superog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, 2025 yilda esa ikki karra mutlaq chempionga aylandi.

Verxuven bilan jangdan so'ng Usik 180 kun davomida kamarni majburiy himoya qilishi shart bo'ladi. Mag'lubiyatga uchragan taqdirda esa superog'ir vazn toifasidagi IBF kamari darhol vakant, yani egasiz deya elon qilinadi.







Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ