Joze Mourino «Real»dagi faoliyati uchun murabbiylar shtabini aniqlab oldi
20 MAY, 2026, 11:54
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino "Real Madrid" klubida o'zi bilan ishlaydigan murabbiylar shtabi tarkibini shakllantirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz AS nashriga tayanib.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Mourino bilan birga Madrid klubiga uning "Benfika"dagi hozirgi yordamchilari — Joau Tralyau va Pedru Mashadu ham o'tadi. Shuningdek, tahlilchi Roberto Merella ham murabbiylar shtabiga qo'shiladi.
Joau Tralyau Mourinoning eng yaqin yordamchisi va asosiy hamkori sifatida qaraladi. U avvalroq «Benfika» akademiyasida ishlab, Bernardu Silva, Joau Feliks, Renatu Sanshesh va Gonsalu Gedesh kabi futbolchilarni tarbiyalagan. Shuningdek, mutaxassis "Borussiya Dortmund" va "Fenerbaxche" klublarida Terri Anri va Nuri Shahinning shtabida faoliyat yuritgan.
Pedru Mashadu jismoniy tayyorgarlik va assistentlik ishlariga javob beradi. U 2025 yildan buyon Mourino bilan hamkorlik qilib kelmoqda — dastlab «Fenerbaxche», keyin esa «Benfika»da.
Italiyalik Roberto Merella esa jamoa tahlilchisi sifatida ishlaydi. U avval "Inter", "Verona" va "Roma" klublarida ishlaganidan so'ng Mourino shtabiga qo'shilgan.
AS nashri ta'kidlashicha, Mourinoning «Real»ga o'tishi deyarli hal bo'lgan masala hisoblanmoqda. Xabarlarga ko'ra, Madrid klubi murabbiyning «Benfika» bilan shartnomasini bekor qilish uchun taxminan 7 million evro to'laydi.
