logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafinya JCh-2026 finalchilarini taxmin qildi

 20 MAY, 2026, 11:24

«Barselona» vingeri Rafinya Dias bo'lajak jahon chempionati finalida Braziliya va Ispaniya terma jamoalari to'qnash kelishidan mamnun bo'lishini tan oldi. «Pentakampeonlar»ning mundial uchun yakuniy qaydnomasidan joy olgan 29 yoshli futbolchi aynan shunday finalni prognoz qilmoqda.

– Bunday bo'lishini xohlarmiding?
– Juda ham. Finalda Ispaniyaga qarshi o'ynash ajoyib bo'lardi.
– Jiddiy aytyapsanmi? Hatto u tomonda Lamin Yamal bo'lsa hammi?
– Muammo yo'q. Bizda ham eng yuqori darajadagi futbolchilar etarli. Bu haqiqatdan ham qiziqarli uchrashuv bo'lardi, – deya Rafinyaning bergan intervyusidan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.

Braziliyaliklar guruh bosqichida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. JCh-2026 finali 19 iyul kuniga rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ