logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Rolan Garros". Polina Kudermetova 1/2 finalga chiqdi

 20 MAY, 2026, 10:16

O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Franciya poytaxti Parij shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros 2026" turnirining saralash bahslaridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.

Saralash turnirida 16-raqam ostida saralangan Kudermetova ilk davrada niderlandiyalik Anuk Koevermansga qarshi bahs olib bordi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan uchrashuvda Polina raqibasini 6/1, 7/5(5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Taqqoslash uchun, Polina WTA reytingida 125, Anuk 158-o'rinni egallab turibdi. Tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvida ham Kudermetova zafar quchdi. Vakilamiz bahs davomida 3, niderlandiyalik 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Polinada ko'proq bo'ldi - 5 ga 4.  

Bugun Polina Kudermetova saralashning 1/2 finalida dunyoning 161-raketkasi bo'lib turgan bolgariyalik Viktoriya Tomovaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:00ga belgilangan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ