logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Borussiya Dortmund» Sanchodan voz kechib, e'tiborini «Arsenal» vunderkindiga qaratdi

 20 MAY, 2026, 09:30

Jeydon Sanchoning Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytishi amalga oshmaydigan ko'rinadi. 26 yoshli futbolchi hozirda «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan holda «Aston Villa» sharafini himoya qilmoqda, mavsum yakunlanganidan keyin esa erkin agentga aylanadi. Angliyalik vingerga asosiy da'vogarlardan biri sifatida «Borussiya» ko'rilayotgan edi, biroq transfer barbod bo'lmoqda: Sky Sport nashrining xabar berishicha, so'nggi paytlarda «asalarilar» o'zlariga juda yaxshi tanish bo'lgan ushbu futbolchiga nisbatan qiziqishlarini sovitishgan.

Dortmund klubi «Arsenal»ga tegishli bo'lgan 19 yoshli Itan Nvaneri nomzodiga o'tishga tayyor. Transfermarkt talqiniga ko'ra, Jeydon Sanchoning transfer bahosi 20 million evroni tashkil etadi, xuddi shu saytda Nvanerining bahosi 40 million evro etib belgilangan. Eslatib o'tamiz, «kanonirlar»ning ushbu vunderkindini yanvar oyida «Marsel» klubi ijaraga olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ