logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» XXI asrdagi o'z rekordini yangiladi

 20 MAY, 2026, 08:48

Londonning «Arsenal» klubi «Byornli»ni mag'lubiyatga uchratib hamda o'z o'yinida g'alaba qozona olmay, so'nggi tur oldidan intrigani yo'qotgan «Manchester Siti»ning omadsizligidan so'ng chempionlik unvonini rasmiylashtirdi. «Arsenal»ning 1:0 hisobidagi minimal g'alabasi klub uchun joriy mavsumdagi mana shunday hisobda qayd etilgan 8-natija bo'ldi. Bu «Arsenal»ning XXI asrdagi eng yaxshi ko'rsatkichidir.

Londonliklar bundan ham ko'p minimal hisobdagi g'alabalarga oxirgi marta 1998/1999 yilgi mavsumda erishishgan edi — o'shanda 9 ta bahsda 1:0 hisobi qayd etilgan. Biroq o'sha mavsumda «Arsenal» chempionlikni qo'lga kirita olmagan — birinchilikni o'sha yili «trebl» qayd etgan va Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya» ustidan qozonilgan unutilmas g'alabasi bilan tarixda qolgan «Manchester Yunayted» ilib ketgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ