logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston Niderlandiya bilan o'rtoqlik o'yini uchun pul to'laydimi?

 20 MAY, 2026, 08:16

O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 8 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahrida Niderlandiya milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ayrim manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uchrashuv uchun O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Niderlandiya terma jamoasiga 300 ming dollar miqdorida mablag' to'lanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati ushbu malumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini malum qildi. Aytilishicha, mazkur o'rtoqlik uchrashuvi uchun Niderlandiya futbol federaciyasiga hech qanday mablag' to'lanmaydi.

Uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq stadion ijarasi, xavfsizlik, translyaciya hamda boshqa tashkiliy xarajatlar esa tomonlar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq teng taqsimlanadi.

Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro qo'l ostidagi milliy jamoa 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ