logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fodenning rekordi yangilandi: «Arsenal»ning 16 yoshli a'zosi APL tarixidagi eng yosh chempionga aylandi

 20 MAY, 2026, 08:12

«Arsenal»ning 16 yoshli yarim himoyachisi Maks Douman APL tarixida chempionlikni qo'lga kiritgan eng yosh futbolchiga aylandi.

«Arsenal» APL 37-turida «Manchester Siti»ning «Bornmut» bilan durang o'ynaganidan (1:1) keyin chempionlik unvonini naqd qilgan edi.

Douman 16 yoshu 139 kunligida Premer-liga tarixidagi eng yosh chempion sifatida rekord o'rnatdi. Bunga qadar ushbu rekord «Manchester Siti» xavbeki Fil Fodenga tegishli bo'lib, u ilk bor 17 yoshu 350 kunligida chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan edi.

Joriy mavsumda Douman APLda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham ulgurdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ