«Manchester Siti» sardori jamoadoshlarini keskin tanqid qildi
20 MAY, 2026, 07:48
«Manchester Siti» sardori Bernardu Silva chempionlik boy berilganidan keyin o'z hafsalasi pir bo'lganini yashirmadi.
APLning 37-turida «shaharliklar» «Bornmut» bilan durang o'ynashdi (1:1) va bu natija «Arsenal»ga muddatidan oldin chempionlik unvonini naqd qilish imkonini berdi.
«Bizning hafsalamiz pir bo'ldi. Bu mavsumdagi eng asosiy sovrin ekanligini bilamiz, chunki u [bu sovrin uchun kurash] eng uzoq davom etadi. Uning uchun hammadan ko'p mehnat qilasiz. Biz oxirigacha kurashdik. Yigitlar bilan faxrlanaman, lekin bunday darajada buning o'zi etarli emas. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ular afsus-nadomat emas, balki yanada yaxshiroq o'ynashga majbur qiladigan nimanidir his qilishadi. Ularda mahorat va potentsial etarli.
Men yutqazishni yomon ko'raman. Agar «Man Siti» kabi klubda o'ynashni xohlasangiz, shunday bo'lishingiz kerak. Ayniqsa, APL klubning bosh maqsadi bo'lib turgan bir paytda, bu [ko'rsatilgan natija] etarli emas. Umid qilamanki, keyingi mavsumda ular yanada ko'prog'iga erishishni xohlashadi», – dedi Bernardu.
