logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Xuddi bir asrdek tuyulmoqda» — Erling Xoland «Siti»ni APL taxtini qaytarib olishga chaqirdi

 20 MAY, 2026, 07:42

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland boy berilgan chempionlik keyingi mavsumda jamoa uchun qo'shimcha turtki bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

APLning 37-turida «Man Siti» «Bornmut» bilan durang o'ynadi (1:1) va bu natija «Arsenal»ga muddatidan oldin chempionlik unvonini naqd qilish imkonini berdi.

«Yakunda Premer-ligadagi har bir o'yin qiyin kechishi ma'lum bo'ldi. Biz harakat qildik, ammo bu etarli bo'lmadi. Endi butun jamoa ushbu muvaffaqiyatsizlikdan motivatsiya sifatida foydalanishi kerak. Biz g'azablanishimiz, ichimizdagi olovni his qilishimiz shart, chunki bu ko'rsatilgan natija etarli emas.

Chempionlikni qo'lga kirita olmaganimizga ikki yil bo'ldi, lekin bu xuddi bir asrdek tuyulmoqda. Keyingi mavsumda shu erda bo'ladigan barcha futbolchilar ligada g'olib chiqish uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni qilishga tayyormiz», – dedi Xoland.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ