logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joze Mourino «Real» tarkibini kuchaytirmoqchi: U klub transferlarini to'liq nazorat qiladi

 20 MAY, 2026, 02:24

Joze Mourino «Real» tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Avvalroq, Madrid klubi portugaliyalik mutaxassis bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani va «Benfika»ga 3 million evro miqdorida tovon puli to'lagani haqida xabar berilgan edi.

Marca nashrining xabariga ko'ra, Chempionlar Ligasi doirasida «Benfika» va «Real» o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvlar Mourinoga madridliklarning zaif tomonlarini aniqlab olish imkonini bergan. Portugaliyalik murabbiyning fikricha, jamoada yaqqol disbalans (muvozanatning buzilishi) mavjud — ayrim pozitsiyalarda futbolchilar haddan tashqari ko'p, boshqa chiziqlarda esa sog'lom raqobat etishmayapti. Shu sababli, Mourino klubga yangi o'yinchilarni sotib olish, shuningdek, mavjudlarini sotib yuborish jarayonlariga shaxsan o'zi ta'sir o'tkazish niyatida.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Mourino jamoada yuz berayotgan barcha narsani nazorat qilishni o'ta muhim deb hisoblaydi. Shu bois u klub rahbariyati tomonidan to'liq qo'llab-quvvatlanishni va o'z qarorlarini begonalarning aralashuvisiz, mustaqil ravishda qabul qilish imkoniyatiga ega bo'lishni istamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ