«Bornmut» hujumchisi Eli Krupi «Man Siti»ga gol urib, APLda tarixiy rekord o'rnatdi
20 MAY, 2026, 02:06
«Bornmut» klubi hujumchisi Eli Junior Krupi APL 37-turida «Manchester Siti» darvozasiga kiritgan goli evaziga turnir rekordini o'rnatdi.
19 yoshli frantsiyalik futbolchi uchrashuvning 39-daqiqasida Adrien Tryufferning uzatmasidan so'ng bahsda hisobni ochgan edi.
Shu tariqa, Krupi APLdagi debyut mavsumida 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan tarixdagi ilk tineyjer (20 yoshdan oshmagan futbolchi) bo'ldi. Bungacha debyut mavsumida Robbi Fauler («Liverpul», 1993/94) va Robbi Kin («Koventri», 1999/2000) 12 tadan gol urishga erishishgan edi.
