logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal»da etti yildan beri ishlayotgan Arteta o'z kollektsiyasiga eng katta sovrinni qo'shib qo'ydi

 20 MAY, 2026, 01:54

Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi navbatdagi sovringa ega chiqdi.

«Manchester Siti» klubi APL 37-turida «Bornmut»ni mag'lub eta olmaganidan so'ng (1:1), «Arsenal» muddatidan oldin Angliya chempionligini naqd qildi.

Bu Arteta uchun murabbiy sifatidagi to'rtinchi titul bo'ldi va u ushbu sovrinlarning barchasini «kanonirlar» boshqaruvida qo'lga kiritgan. Ispaniyalik mutaxassis 2019/20 yilgi mavsumda Angliya Kubogida zafar quchgan bo'lsa, 2020 va 2023 yillarda mamlakat Superkubogida g'olib chiqqan edi.

Angliya chempionatidagi ushbu g'alaba Arteta uchun ham murabbiy, ham futbolchi sifatida birinchisi bo'ldi: sobiq yarim himoyachi o'z vaqtida «Arsenal» libosida to'p surgan kezlarida ikki martadan Angliya Kubogi va Superkubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan, ammo chempion bo'la olmagan edi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis 2019 yilning dekabr oyidan buyon «Arsenal» klubini boshqarib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ