logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» APL chempionligi bo'yicha faqat ikki grand jamoadan ortda qolmoqda

 20 MAY, 2026, 01:48

«Arsenal» klubi muddatidan oldin Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi.

Mikel Arteta shogirdlari APL 37-turida «Manchester Siti»ning «Bornmut»ni mag'lub eta olmaganidan so'ng (1:1) chempionlik unvonini naqd qilishdi.

Bu londonliklar tarixidagi 14-chempionlik sovrinidir. Bungacha jamoa Angliya chempionatida 1930/31, 1932/33, 1933/34, 1934/35, 1937/38, 1947/48, 1952/53, 1970/71, 1988/89, 1990/91, 1997/98, 2001/02 va 2003/04 yilgi mavsumlarda zafar quchgan edi.

Milliy birinchilikdagi g'alabalar soni bo'yicha «Arsenal»dan faqat «Liverpul» va «Manchester Yunayted» jamoalarigina ustunlikka ega — ular hisobida 20 tadan bosh sovrin mavjud. «Manchester Siti» esa o'z tarixida 10 marta chempionlik tojini kiygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ