«Bornmut»ning durangi «Chelsi»ni EChL orzusidan ayirdi
20 MAY, 2026, 01:42
APLning 37-turidan o'rin olgan «Bornmut» va «Manchester Siti» o'rtasidagi bahsda qayd etilgan durangdan so'ng (1:1), «Chelsi» klubi Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish uchun bo'lgan barcha imkoniyatlarini yo'qotdi.
Yakuniy tur oldidan Andoni Iraola shogirdlari 56 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 6-o'rinni band etib turishibdi. «Chelsi» hisobida esa «Tottenxem»ga qarshi o'yin oldidan 49 ochko mavjud edi — londonliklar mavsumning qolgan uchrashuvlarida «Bornmut»ga baribir eta olishmaydi.
APLda 6-o'rinni egallagan jamoa faqatgina bir holatda — agar «Aston Villa» Evropa Ligasida g'olib chiqsa va APLda beshinchi o'rinni band etsagina Chempionlar Ligasida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. Ertaga birmingemliklar mazkur turnir finalida «Frayburg»ga qarshi maydonga tushishadi.
