logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman: «Sautgempton» o'rniga «Midlsbro» APL yo'lidagi finalda o'ynaydigan bo'ldi

 19 MAY, 2026, 23:36

«Midlsbro» klubi Angliya futbol ligasining (EFL) «Sautgempton»ni Chempionship pley-off finalidan chetlashtirish haqidagi qarorini mamnuniyat bilan kutib oldi.

Avvalroq, «Sautgempton» tahlilchisi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuv oldidan «Midlsbro» jamoasining mashg'ulotini videoga olayotgan va taktik rejalarini suratga tushirayotgan vaqtda qo'lga tushgan edi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, «Sautgempton» «Midlsbro»dan ustun kelib (0:0, 2:1), finalga yo'l olgandi. Jamoa 23 may kuni APL yo'llanmasi uchun «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushishi kerak edi, biroq endi ularning o'rnini «Midlsbro» egallaydi. Shuningdek, ushbu josuslik holati va undan tashqari yana ikkita shunday qonunbuzarlik uchun «avliyolar»dan keyingi mavsum hisobidan 4 ochko olib tashlandi.

«Midlsbro» futbol klubi Intizom qo'mitasining bugungi yig'ilishi natijalarini olqishlaydi. Bizningcha, bu qaror sport halolligi va xulq-atvor me'yorlari nuqtai nazaridan futbolimiz kelajagi uchun aniq va qat'iy signal beradi.

Hozirda klubimiz bor e'tiborini shu shanba kuni «Uembli» stadionida «Xall Siti»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinga qaratgan. Muxlislarimiz uchun chiptalar haqidagi ma'lumotlar tez orada e'lon qilinadi», — deyiladi «Midlsbro» klubi rasmiy bayonotida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ