«Inter» yozgi transferlar uchun short-list tuzdi
19 MAY, 2026, 23:36
«Inter» klubi shu yozda himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Calciomercato nashrining Corriere dello Sport ga tayanib xabar berishicha, milanliklar o'zlarining potentsial transfer nishonlari ro'yxatiga Ronald Arauxo («Barselona») va Luka Vushkovichni («Tottenxem», hozirda ijara asosida «Gamburg»da o'ynamoqda) kiritishgan.
Ichki bozorda (Italiyada) esa Milan klubini eng ko'p qiziqtirayotgan futbolchilar Tarik Muxaremovich («Sassuolo») va Umar Sole («Udineze») bo'lib turibdi.
Kutilishicha, Italiya chempionlari tarkibini Franchesko Acherbi va Matteo Darmian erkin agent sifatida tark etadi. Shartnomasi yakuniga etayotgan Acherbi Simone Indzagi boshqarayotgan «Al-Hilol» klubiga yo'l olishi, Darmian esa sobiq jamoasi — «Torino»ga qaytishi mumkin.
