logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted»ning yashirin rejasi barbod bo'ldi

 19 MAY, 2026, 22:36

«Manchester Yunayted» klubi Luis Enrike bilan kelishuvga erishishdan umid qilgan edi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klubdagi ayrim «muhim shaxslar» ispaniyalik mutaxassisning bosh murabbiy etib tayinlanishi haqida «yashirincha orzu qilishgan». Shu yilning yanvar-fevral oylarida «MYu» vakillari «PSJ» ustozini shu yozda o'z saflariga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida aloqaga chiqishga urinishgan. Biroq, buning iloji yo'qligi ma'lum bo'ldi.

Hozirda Luis Enrike Parij klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi. Romanoning fikricha, yangi bitim EChL finalidan so'ng rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ