Joze Mourino «Real»dagi kelajagi so'roq ostida turgan 9 nafar futbolchini aniqlab oldi
19 MAY, 2026, 21:18
Joze Mourino allaqachon «Real» tarkibini rejalashtirishni boshladi. Portugaliyalik murabbiy jamoa tarkibini qaysi futbolchilar bilan to'ldirishni istashini belgilab oldi, biroq bu ro'yxat hali yakuniy emas.
Shu bilan birga, The Touchline nashrining qayd etishicha, shunday bir qator futbolchilar borki, ularning jamoadagi kelajagi mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida Mourinoni qay darajada ishontira olishlariga bog'liq bo'ladi. Ushbu ro'yxatdan Endrik va Nikolas Pas ham joy olgan — ulardan birinchisi ijaradan so'ng «Real»ga qaytayotgan bo'lsa, ikkinchisi «Komo»dan qayta sotib olinishi kerak.
Murabbiyning kuzatuvida bo'lgan futbolchilarning to'liq ro'yxati quyidagicha: Franko Mastantuono, Endrik, Nikolas Pas, Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya, Eduardo Kamavinga, Braim Dias, Tyago Pitarch, Raul Asensio.
