logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

WTA reytingi. O'zbekistonning ikkinchi raketkasi o'zgardi, tennis malikalarimizdan biri 45 pog'onaga yuqoriladi

 19 MAY, 2026, 20:00

Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) ham professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda tennischilarimizdan uch nafari yuqorilashga muvaffaq bo'lgan. Qolganlar o'z o'rinlarini yomonlashtirib olishdi. Bu hafta O'zbekistonning ikkinchi raketkasi o'zgardi. Mariya Timofeeva 17 o'ringa yuqorilab, 119-pog'onaga joylashdi va bu bilan shu paytgacha ikkinchi raketkamiz bo'lib kelgan Polina Kudermetovani quvib o'tdi. Birinchi raketkamiz Kamilla Rahimova 9 pog'onaga pastladi. To'rtinchi raketkamiz Layma Vladson reytingda 1, Sevil Yuldasheva 45 pog'onaga ko'tarilib olgan. Qolgan tennischilarimiz reytingda pastlashdi. Vlada Yakshibarova 5, Milana Maslenkova 1, Diana Yakovleva esa 21 pog'ona quyiga sho'ng'igan.

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida ham bir nechta o'zgarish kuzatildi. Top-6 o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qolgan. Ukrainalik Elina Svitolina 10-pog'onadan 6-o'ringa yuqoriladi. Rossiyalik Mirra Andreeva bir o'ringa pastladi. Kanadalik iqtidor egasi Viktoriya Mboko 9-o'rinda qoldi. CHexiyalik Karolina Muxova esa yana Top-10`ga qaytdi. Belaruslik Arina Sobolenko hamon reyting peshqadami bo'lib turibdi. 


WTA reytingi. 18 may kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 9960 ochko.

2. (2) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 8705.

3. (3) Iga Svyontek (Polsha) - 7273.

4. (4) Koko Goff (AQSH) - 6749.

5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 6286.

6. (6) Amanda Anisimova (AQSH) - 5958.

7. (10) Elina Svitolina (Ukraina) - 4315.

8. (7) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4181.

9. (9) Viktoriya Mboko (Kanada) - 3395.

10. (11) Karolina Muxova (CHexiya) - 3318.


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

85 (76). Kamilla Rahimova – 872

119 (136). Mariya Timofeeva – 686

125 (123). Polina Kudermetova – 648

755 (756). Layma Vladson – 48

1100 (1095). Vlada Yakshibarova – 15  

1116 (1115). Milana Maslenkova – 14 

1124 (1169). Sevil Yuldasheva – 14

1496 (1475). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ