Patrik Vieyra «Arsenal» tarixi va bugunidan iborat ramziy jamoa tuzdi
19 MAY, 2026, 18:48
«Arsenal» klubining sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra 2003/04 yilgi mavsumdagi «Engilmas jamoa» (The Invincibles) va klubning hozirgi tarkibi futbolchilaridan iborat birlashgan ramziy jamoani tuzib chiqdi.
Frantsiyalik sobiq futbolchi o'z ramziy terma jamoasiga «Arsenal»ning hozirgi tarkibidan besh nafar o'yinchini kiritdi.
«Menimcha, darvozada Lemannning o'rniga Rayya bo'ladi. Himoyaning o'ng qanotida Timber — u menga juda yoqadi, tarkibga kira oladi deb o'ylayman. Ture va Kempbell juftligidan birini almashtirgan bo'lardim — Kempbellni qoldirib, Turening o'rniga Gabrielni qo'yaman.
Albatta, Eshli Koul — muhokamasiz, unga teginmaymiz. Saka o'ng qanot yarim himoyasida Yungbergning o'rnini egallashi mumkin. Hujumda Terri Anri va Dennis Bergkampga tegmaymiz. Jilbertoning o'rniga Deklan Rays, chap qanotda esa Rober Pires qoladi.
Agar jamoaning bir necha yil oldingi holati va bugungi kunda qaerda turganligini eslasak, Arteta haqiqatan ham ajoyib ish olib bordi deb o'ylayman.
Shuningdek, u juda ko'p pul sarfladi. Arsen Vengerga keladigan bo'lsak, aynan u meni va Terrini juda manfaatli shartlarda klubga olib kelgandi, shu sababli murabbiy sifatida Arsenni tanlayman», – dedi Vieyra Sky Sports efirida.
Yakuniy tarkib (4-4-2): Rayya; Timber, Kempbell, Gabriel, Koul; Saka, Rays, Vieyra, Pires; Anri, Bergkamp.
Murabbiy: Arsen Venger.
