logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Andre Onana «Manchester Yunayted»ga qaytmoqda

 19 MAY, 2026, 18:42

«Trabzonspor»ning kamerunlik darvozaboni Andre Onana «Manchester Yunayted»ga qaytadi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi Turkiya klubidagi ijara muddati yakunlanganidan so'ng «qizil iblislar» ixtiyoriga qaytib keladi. Ta'kidlanishicha, boshqa klublar tomonidan qiziqishlar bo'layotganiga qaramay, Onana yozgi yig'inlarni «Manchester Yunayted» tarkibida boshlaydi. Biroq uning jamoa bilan mavsumoldi turga borish-bormasligi hozircha noma'lum.

Angliya grandi 2023 yilda Onanani «Inter»dan 50 million evro evaziga sotib olgan edi. O'tgan yozda darvozabon asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi va «Trabzonspor»ga ijaraga berildi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 41 ta gol o'tkazib yubordi va 6 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ