logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kalum Makfarleyn «Chelsi»da Xabi Alonsoning yordamchisiga aylanadi

 19 MAY, 2026, 18:00

«Chelsi» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn londonliklar klubida Xabi Alonsoning murabbiylar shtabiga qo'shiladi, bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunlanganidan keyin jamoa boshqaruvini qo'lga oladi.

Shuningdek, Alonsoning shtabidan uning «Real»dagi faoliyati davomida birga ishlagan to'rt nafar yordamchisi ham joy oladi. «Chelsi»ning standart vaziyatlar bo'yicha murabbiyi Bernardo Kueva va darvozabonlar murabbiyi Ben Roberts ham Alonso davrida o'z lavozimlarini saqlab qolishlari haqiqatga yaqin.

Xabi Alonso klubga yana bir nechta mutaxassislarni olib kelishi ham istisno etilmayapti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ