logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Sevilya» rahbariyatida jiddiy tozalash ishlari boshlandi

 19 MAY, 2026, 18:00

«Sevilya» klubi futbol direktori Antonio Kordon bilan hamkorlik to'xtatilganini rasman e'lon qildi.

Tomonlar 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishga kelishib olishdi. Ushbu qaror Ispaniya chempionati tugaganidan so'ng, 31 maydan kuchga kiradi.

Kordon andalusiyaliklar safiga 2025 yilning iyun oyida kelib qo'shilgan edi va sport departamentida birinchi jamoa tarkibini shakllantirishga mas'ul sifatida faoliyat yuritayotgandi.

«Sevilya» La Liganing joriy mavsumida 43 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.

Avvalroq, klub «Sevilya» va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos nazoratiga o'tishi mumkinligi, u potentsial investor sifatida ko'rilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ