logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola «Manchester Siti»dan ketganidan keyin ta'tilga chiqmoqchi. Uning klub futboliga qaytishi so'roq ostida

 19 MAY, 2026, 16:42

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsum yakunida ingliz klubini tark etgach, futboldan bir yillik tanaffus olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Santi Gonsales Bueno xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ispaniyalik 55 yoshli mutaxassis Angliyadagi o'n yillik sermahsul va bosimga boy faoliyatdan so'ng ruhiy va jismoniy jihatdan hordiq chiqarishni maqsad qilgan. Shuningdek, Gvardiolaga yaqin bo'lgan doiralarning fikricha, Pepning keyinchalik qaysidir klubda murabbiyga aylanishi «haqiqatdan yiroq».

Katta ehtimol bilan, Gvardiola klub futbolidagi faoliyatini butunlay yakunlab, tanaffusdan so'ng biror bir milliy terma jamoani boshqarishi yoki futbol tizimida boshqa rolni egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda va ushbu davr ichida jamoa bilan 20 ta sovrin, jumladan, 6 bor Premer-liga chempionligi va Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ