logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» APLda burchak zarbalaridan gol urish bo'yicha rekordni yangiladi

 19 MAY, 2026, 15:06

«Arsenal» Premer-liganing bir mavsumida burchak zarbalaridan gol urish bo'yicha o'z rekordini yangiladi.

Kecha Mikel Arteta jamoasi APLning 37-turida «Bernli»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol 37-daqiqada Bukayo Sakaning standart vaziyatdan uzatgan to'pidan so'ng Kay Xavertts tomonidan kiritildi.

Bu «kanonirlar»ning joriy mavsumdagi burchak zarbasidan urgan 18-goli bo'ldi. Shu tariqa, ular mavsum davomida o'zlari o'rnatgan rekordni yana bir bor yangiladilar. Avvalroq chempionat tarixida hech bir jamoa bunday vaziyatlardan 16 tadan ortiq gol urmagan edi — bunday ko'rsatkich 2023/24 yilgi mavsumda «Arsenal»da, 2016/17 yilgi mavsumda «Vest Bromvich»da va 1992/93 yilgi mavsumda «Oldxem»da qayd etilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ