logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelottining qarori Joao Pedroning «Barselona»ga transferini osonlashtirishi mumkin

 19 MAY, 2026, 15:00

«Chelsi»ning braziliyalik hujumchisi Joao Pedro «Barselona» a'zosiga aylanishi mumkin. Avvalroq kataloniyaliklar moliyaviy jihatdan ancha foydaliroq bo'lgani uchun Xulian Alvares o'rniga Pedroni sotib olishga moyillik bildirayotgani xabar qilingan edi.

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Pedroni JCh-2026ga chaqirmaslikka qaror qildi. Diario SPORT nashrining ta'kidlashicha, bu holat braziliyalikning «Barselona»ga o'tishini osonlashtirishi mumkin.

«Chelsi» rahbariyati katta turnirdan so'ng futbolchining narxi keskin ko'tarilishiga umid qilgan edi, ammo endi vaziyat o'zgardi. Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ