logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer JCh-2026da Germaniya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboni bo'ladi

 19 MAY, 2026, 14:48

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Oliver Baumannga telefon orqali Manuel Noyerning boldir mushagidagi jarohati og'irlashmasa, Jahon chempionatida jamoaning asosiy darvozaboni bo'lishini ma'lum qildi.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda. Avvalroq, terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan «Bavariya»ning 40 yoshli posboni milliy jamoaga qaytishi ma'lum bo'lgan edi.

Qayd etilishicha, «Xoffenxaym» sharafini himoya qiluvchi 35 yoshli Baumann ushbu qarordan hafsalasi pir bo'lgan, biroq Jahon chempionatiga ikkinchi darvozabon sifatida borishga tayyor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ