logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valdano: «U echimning bir qismi bo'ladi, lekin to'liq echim emas»

 19 MAY, 2026, 10:30

«Real Madrid» sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Joze Mourinoning Madrid klubi bosh murabbiyligiga tayinlanishi ehtimoli haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Menimcha, u dastlab o'zining eng jozibali tomonlarini ko'rsatadi. O'yinchilar ham bunga mos ravishda munosabat bildirishadi, sababi mavsumlar oralig'ida klublar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lmaydi. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni ancha talabchan bo'ladi va bu jamoaning yaxshi natijalar ko'rsatishiga yordam beradi.

Vaqt o'tib, mag'lubiyatlar boshlanganda nima bo'lishini ko'ramiz. Tinchlik saqlanib qoladimi yoki biz ushbu mavsumda guvohi bo'lgan beqaror vaziyat davom etadimi — bunisi noma'lum.

Mourino muammoni yolg'iz o'zi hal qila olmaydi. «Real»ga to'rtta himoyachi va jamoa muvozanatini tiklash uchun yarim himoyachi kerak. Mourino echimning bir qismi bo'ladi, lekin butun boshli echim emas», — dedi Valdano Movistar+ efirida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ