Simeone: «Grizmann bilan do'st emasmiz, lekin men unga qoyil qolaman»
19 MAY, 2026, 10:18
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone yozda MLSning «Orlando Siti» jamoasiga o'tadigan hujumchi Antuan Grizmann bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
«Futbolchilar bilan munosabatlar — bu tushuntirish qiyin bo'lgan soha. Antuan bilan do'st emasmiz, lekin uni juda yaxshi ko'raman. Biz har hafta birga ovqatlanmaymiz. Menga Antuan doim yoqqan. Men unga ishonaman va unga ishonib adashmaganman deb hisoblayman», — deya Simeonening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
Grizmann Madrid klubida 2014 yildan 2019 yilgacha to'p tepgan, keyin «Barselona»ga o'tgan va 2021 yilda yana ortga qaytgan edi. «Atletiko» tarkibida frantsiyalik hujumchi Evropa Ligasi g'olibi, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogi sohibiga aylangan.
