logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Sindarov ishtirokidagi partiya mehmonxona nomerida o'tkazildi

 19 MAY, 2026, 10:16

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida tashkil etilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda 5-tur ortda qoldi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin uchun kurash olib boryapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 5-turda qora donalarda autsayder, franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv noodatiy tarzda o'tkazildi. Bunga Alirezaning oyog'idan olgan jarohati sabab bo'ldi. Firuzdjaning mehmonxonadagi nomerida o'tgan uchrashuvda durang natija qayd etildi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Etiborlisi, 5-turning qolgan barcha partiyalarida ham durang natija qayd etildi. Peshqadam Vinsent Keymer qora donalarda niderlandiyalik duranglar qiroli Anish Giri bilan murosaga keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Oltinchi tur oldidan germaniyalik grossmeyster Vinsent Keymer 3,5 ochko bilan karvonboshiligini davom ettirmoqda. Anish Giri 3 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallab turibdi. G'alaba qozonganida aynan u peshqadamga aylanib olardi. Yorden van Forest va Rameshbabu Praggnanandha hisobida ham 3 ochko bor. Javohir Sindarov 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-pog'onadan joy olgan. Ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik 1,5 ochko bilan 9-o'rindan joy olgan bo'lsa, autsayder Alireza Firuzdja hisobida 1 ochko bor. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Oltinchi turda Javohir Sindarov qora donalarda o'zi singari 2 ochkoga ega amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Bugun turnirda dam olish kuni, ertangi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ