logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lautaro Martines «Inter»dagi kelajagi haqida bayonot berdi

 19 MAY, 2026, 10:06

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines butun faoliyatini Milan klubida o'tkazishni istashini tan oldi.

— Hozirda «Inter» siz uchun haqiqiy uyga aylanib bo'ldi. Faoliyatingizni aynan shu erda yakunlash istagi bormi?

«Ha, albatta, buni juda xohlardim. Mashg'ulot bazasining kalitlari hali menda paydo bo'lgani yo'q-ku, lekin bunga yaqinman. Oilam Milanda baxtli: bu erda restoranimiz bor, farzandlarim maktabga borishadi, ularning do'stlari bor.

Hozirgi vaqtda o'zimni boshqa klubda tasavvur qilishim qiyin. Futbolda hamma narsa juda tez o'zgarishi mumkin, ammo agar meni «Inter»dan haydab yuborishmasa, shu erda qolaman», — dedi Martines La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli hujumchi 2018 yilda «Rasing»dan o'tganidan beri «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ