logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eden Azar: "Real"da dastlab Ronalduning raqamini olishni istamagandim, Modrichning 10-raqamini so'ragandim"

 19 MAY, 2026, 09:54

"Real" klubi sobiq futbolchisi Eden Azar Madrid jamoasida avvalroq Krishtianu Ronaldu to'p surgan 7-raqamni qanday qilib olganini yodga oldi.

"Real"da men dastlab Krishtianu Ronalduning ettinchi raqamini olishni istamagandim. Luka Modrichning o'ninchi raqamini xohlagandim. U menga bu raqamni berishini kutgandim, lekin u unday qilmadi (kuladi). Men "Real"ga Ronalduning o'rnini bosish uchun kelmagandim. Buni OAV o'ylab topgandi. Mening uslubim boshqacha. Men mavsumda 60 yoki 70 ta gol uradigan futbolchi emasdim. Men Ronalduning o'rnini bosish uchun emas, Azar sifatida o'ynash uchun kelgandim, biroq tarix ko'rsatdiki, hammasi biz kutgandek muvaffaqiyatli chiqmadi", – deya Azarning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

Eden Azar 2019 yilda "Chelsi"dan "Real"ga superyulduz maqomida o'tgan edi. Biroq belgiliyalik futbolchi jarohatlar sababli Madrid klubida o'z o'yinini ko'rsata olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ