logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Mareska "Napoli"ni boshqarishni rad etdi

 19 MAY, 2026, 09:36

"Chelsi" sobiq ustozi Entso Mareska "Napoli"da ishlamaydi.

Jurnalist Alfredo Pedullaning yozishicha, italiyalik mutaxassisning nomi avvalroq "Napoli" bilan bog'langan bo'lsa-da, u hech qachon nomzodlar qatorida bo'lmagan va kamida oxirgi 3-4 hafta ichida klub tomonidan muhokama qilinmagan.

46 yoshli mutaxassis Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi kelajagi bo'yicha yakuniy qarorini kutmoqda. Mareska ingliz klubini boshqarishga tayyor.

Avvalroq Daily Mail nashri ispaniyalik murabbiy Angliya chempionati yakunida iste'foga chiqishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi. Rasmiy bayonot yakshanba kuni chiqishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ