logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mikel Arteta «Man Siti»ga qarshi o'yinda «Bornmut»ga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi

 19 MAY, 2026, 08:42

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta endilikda «Bornmut»ning tarixdagi eng ashaddiy muxlisi ekanligini hazil bilan ma'lum qildi.

19 may kuni APLning 37-turi doirasida «Bornmut» o'z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Agar Pep Gvardiola jamoasi ushbu o'yinda g'alaba qozona olmasa, «Arsenal» chempionlikni qo'lga kiritadi.

Arteta ushbu bahsda «Bornmut»ga muxlislik qilish-qilmasligi haqidagi savolga shunday javob berdi.

«Tarixdagi eng ashaddiy muxlis bo'laman! O'ylashimcha, barchamiz «Bornmut» muxlisiga aylanamiz, chunki ular ijobiy natijaga erishsa, bu nimani anglatishini yaxshi tushunib turibmiz.

Andoni Iraolaga biron-bir xabar yuborishimga hojat yo'q deb o'ylayman. Uning bu klubda qilgan ishlari, klubning qanday o'zgargani va qanday o'ynayotgani — buning uchun boshqa hech narsa kerak emas», — deya qo'shimcha qildi Mikel Arteta.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ