Diomande — Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisi
19 MAY, 2026, 08:06
«RB Leyptsig» safida o'zini yorqin ko'rsatgan ivuarlik yarim himoyachi Yan Diomande Germaniya Bundesligasining eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi. Hozirda u 19 yoshda, ammo Diomande yakuniga etgan Bundesliga mavsumida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Uning muvaffaqiyatlari evaziga «RB Leyptsig» turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tarildi va hozirda Diomandeni sotib olish bo'yicha ko'plab takliflar olmoqda. Biroq, katta ehtimol bilan, klub futbolchining bo'lajak jahon chempionatidagi yorqin ishtirokini kutadi va shundan keyingina uni shunchaki katta emas, balki juda katta mablag' evaziga sotadi.
