Fonseka: «Yakun unchalik yaxshi bo'lmadi, lekin yigitlarim bilan faxrlanaman»
19 MAY, 2026, 07:54
Frantsiyaning «Lion» klubi ustozi Paulu Fonseka mavsumning muvaffaqiyatsiz yakuni haqida fikr bildirdi. So'nggi turda uning jamoasi vitse-chempion «Lans»ga 0:4 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
Portugaliyalik mutaxassis ushbu muvaffaqiyatsizlikka qaramay, o'z jamoasi bilan faxrlanishini aytdi.
«Albatta, biz mavsumni bunday tugatishni istamagandik. Chiroyli nuqta qo'ymoqchi edik. Ammo bunday mag'lubiyat ham yigitlarning mavsum davomida qilgan ishlarini yo'qqa chiqara olmaydi. Qiyinchiliklar juda ko'p bo'ldi», — deya Paulu Fonsekaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis 2025 yilning boshidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda.
