logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtua Ispaniya klubi xo'jayinlaridan biriga aylandi

 19 MAY, 2026, 07:54

Ispaniyaning «Estremadura» klubi to'rt mavsum ichida ettinchi ligadan uchinchi ligaga ko'tarilib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Klubning bu rivojlanishi «Real»ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtuani qiziqtirib qoldi.

U o'zi hammuassis bo'lgan «NXTPLAY» sport investitsiya platformasi orqali klubning hammuallifiga (sherik egasiga) aylanishga qaror qildi. Shunday qilib, «Estremadura» uchun yangi rivojlanish davri boshlanmoqda — endi klubda ma'lum moliyaviy kafolatlar va dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan birining homiyligi mavjud.

Eslatib o'tamiz, o'tgan asrning 90-yillarida «Estremadura» hatto oliy ligada ham ishtirok etgan va u erda ikki mavsumni o'tkazgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ