logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karlo Anchelotti Neymarning JCh-2026 uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilishi sababini tushuntirdi

 19 MAY, 2026, 07:00

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Santos» hujumchisi Neymarni 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy jamoa qaydnomasiga kiritish qaroriga izoh berdi.

— Neymar jahon chempionatida biz uchun muhim futbolchi bo'ladi. Biz butun yil davomida uning o'yinlarini kuzatdik. Xulosa shuki, so'nggi vaqtlarda Neymarning o'yinlarida barqarorlik paydo bo'ldi, u yaxshi jismoniy holatda, — dedi Anchelotti.

Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida 79 ta gol mavjud. Futbolchi “selesao” safida 2010 yildan buyon to'p surib kelmoqda.

Joriy klub mavsumida Neymar 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ