logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sofascore talqiniga ko'ra Frantsiya chempionatining ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

 19 MAY, 2026, 06:48

Mashhur statistik portal Sofascore Frantsiya Liga 1 2025/2026 yilgi mavsumining eng yuqori o'rtacha bahosini olgan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

Mavsum ramziy terma jamoasi quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Erve Koffi («Anje») — 7,35.

Himoyachilar: Malang Sarr («Lans») — 7,21; Lukas Beraldo («PSJ») — 7,25; Ayssa Mandi («Lill») — 7,24.

Yarim himoyachilar: Vitinya («PSJ») — 7,21; Valentin Ronje («Renn») — 7,21; Bredli Barkola («PSJ») — 7,21; Ilan Kebbal («Parij») — 7,39; Floryan Toven («Lans») — 7,23; Aron Dyonnum («Tuluza») — 7,20.

Hujumchi: Meyson Grinvud («Marsel») — 7,37.

Frantsiya chempioni esa «Pari Sen-Jermen» bo'ldi. Luis Enrike boshchiligidagi jamoa 34 ta o'yinda 76 ochko to'pladi. Ikkinchi o'rinni 70 ochko bilan «Lans» egalladi. Top-4 dan shuningdek, «Lill» (61) va «Lion» (60) ham joy oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ