«Arsenal» APL va Chempionlar Ligasidagi g'alabalar uchun «Chelsi»ga millionlab funt to'lab berishi mumkin
18 MAY, 2026, 23:36
Londonning «Chelsi» klubi «Arsenal» tomonidan amalga oshirilgan Kay Haverts, Noni Madueke va Kepa Arrisabalaga transferlari bo'yicha qo'shimcha to'lovlar olishi mumkin.
CFCWhiz ma'lumotiga ko'ra, agar «Arsenal» Chempionlar Ligasida g'olib chiqsa, klub Kay Haverts uchun yana 30 million funt to'lashga majbur bo'ladi.
Yana 20 million funt esa Noni Madueke transferi bo'yicha to'lanadi, agar «kanonirlar» Premer-liga va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonib, “oltin dubl”ni amalga oshirsa.
Shuningdek, Kepa Arrisabalaga bo'yicha 8 million funt bonus ham nazarda tutilgan — agar «Arsenal» ikki sovrinni qo'lga kiritsa.
Hozirda «Arsenal» Premer-ligada peshqadam bo'lib, 79 ochko to'plagan. Jamoa 19 may tongida «Byornli»ga qarshi o'ynaydi.
Shuningdek, 30 may kuni «Arsenal» Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga qarshi maydonga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Kay Haverts 2023 yil yozida 65 million funt evaziga «Arsenal»ga o'tgan. Noni Madueke 52 million funtga sotib olingan, Kepa Arrisabalaga esa 2025 yilda 5 million funt evaziga «kanonirlar» safiga qo'shilgan.
