Kyurasao terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasi e'lon qilindi
18 MAY, 2026, 23:06
Kyurasao futbol federatsiyasi rasmiy saytida 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoa qaydnomasini e'lon qildi. Musobaqa shu yil yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Darvozabonlar: Tirik Bodak («Telstar»), Trevor Dornbyus («VVV-Venlo»), Eloy Rom («Mayami»).
Himoyachilar: Rixedli Bazur («Konyaspor»), Joshua Brenet («Kayserispor»), Roshon van Eyma («Valveyk»), Sherel Floranus («PEK Zvolle»), Deveron Fonvill («NEK Neymegen»), Jyuren Gaari («Abha»), Armando Obispo («PSV Eyndxoven»), Shurandi Sambo («Sparta» Rotterdam).
Yarim himoyachilar: Junino Bakuna («Volendam»), Leandro Bakuna («Igdir»), Livano Komenensiya («Tsyurix»), Kevin Felida («Den Bosx»), Aryani Marta («Roterxem Yunayted»), Tayriz Noslin («Telstar»), Godfrid Rumeratu («Valveyk»).
Hujumchilar: Jeremi Antonisse («Kifisiya»), Tahit Chong («Sheffild Yunayted»), Kenji Gorre («Makkabi» Hayfa), Sonte Xansen («Midlsbro»), Jervan Kastanir («Terengganu»), Brandley Kyuvas («Volendam»), Yurgen Lokadiya («Mayami»), Djerl Margarita («Vasland-Beveren»).
2026 yilgi jahon chempionatida Kyurasao terma jamoasi E guruhidan o'rin olgan bo'lib, Germaniya, Kot-d’Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
