logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Mbappe "Real" kiyinish xonasida yolg'izlanib qolgan» — ispan jurnalisti

 18 MAY, 2026, 20:54

Taniqli ispaniyalik jurnalist Xosep Pedrerol “Sevilya”ga qarshi o'yindan (1:0) keyin “Real” kiyinish xonasidagi vaziyat yuzasidan o'z fikrini bildirdi. Pedrerolning so'zlariga ko'ra, Xabi Alonsoning iste'foga chiqishi (ketishi) ortidan Madrid klubi kiyinish xonasidagi vaziyat yanada taranglashdi. Ayniqsa, Kilian Mbappe atrofidagi gap-so'zlar qayta avj oldi.

“Mbappe Xabi Alonsoga ishongan edi... Biroq Vinisius va yana bir nechta futbolchi uni siqib chiqardi. Menga etkazilgan ma'lumotlarga ko'ra, u kiyinish xonasida tamoman yolg'izlanib qolgan”, dedi jurnalist o'yindan keyingi podkastda.

Eslatib o'tamiz, so'nggi paytlarda matbuotda Mbapening jamoadoshlari bilan munosabatlari yomonlashgani haqidagi xabarlar tez-tez ko'zga tashlanmoqda. Hujumchining jamoa o'yinlarga tayyorgarlik ko'rayotgan bir vaqtda Italiyaga safar qilishi ortidan vaziyat yanada og'irlashgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe joriy mavsum 43 ta o'yinda 41 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shunga qaramay, “Real” uchun mavsum o'ta og'ir kechmoqda: yanvar oyida Xabi Alonso o'rnini Arbeloa egalladi, jamoa esa ketma-ket ikkinchi yil yirik sovrinlarsiz qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ