logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshfordning «Kamp Nou» bilan xayrlashuvi barbod bo'ldi: «Barselona» hujumchisining maydonga tushmagani sababi ma'lum

 18 MAY, 2026, 19:12

«Barselona» yakshanba kuni mavsumdagi o'z maydonidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Xans-Diter Flik shogirdlari o'z stadionlarida «Betis» jamosini 3:1 hisobida mag'lub etishdi.

Ushbu bahsda hujumchi Markus Reshford to'liq 90 daqiqani zaxira o'rindig'ida o'tkazdi. Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko'ra, aslida Reshford uchrashuv yakunlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq angliyalik futbolchi jismoniy noqulaylik (jarohat alomati) his qilgani sababli maydonda ko'rinish bermadi.

Markus Reshfordda boshqa hech qachon «Kamp Nou»da to'p surish imkoniyati bo'lmasligi istisno etilmayapti. Chunki ijara muddati yakuniga etganidan keyin angliyalik hujumchining «Barselona»da qolishi so'roq ostida turibdi. Ma'lumot uchun, Reshfordning transfer huquqi «Manchester Yunayted» klubiga tegishli hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ